Dastur haqida Dastur qatnashchilari nimaga erishadilar? Kimlar qatnashishi mumkin Qatnashcilardan nima talab etiladi ? Nima uchun bizning dasturda ishtirok etish kerak? Tanlov mezonlari Qanday qatnashish mumkin? Dastur bosqichlari Texnologiyalarning ustuvor yo'nalishlari Arizani yuborish Yangiliklar Фото альбомы Dastur haqida fikrlar Tashkilotchilar Ko'p so'raladigan savollar

Dastur haqida

Innovatsion g‘oya va startap-loyihalarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi yoshlarga o‘z innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarini hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda amalda sinab ko‘rishlari, o‘zlarining startaplarini yaratishlari va tadbirkorlik sohasida bilim va salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

Dastur qatnashchilari nimaga erishadilar?

Akseleratsiya dastruda qatnashish

Loyihani hayotiyligini tezkor tekshirish hamda vaqt va resurslarni tejash

Bilim olish

Innovatsion g’oyalar va startap loyihalarini yaratish hamda   rivojlantirish uslubi va qurollari haqida bilim olish

Project road map

Jamoangizni kuzatib boradigan biznes ustoz bilan loyihani amalga oshirish yo’l xaritasini ishlab chiqish

Mahorat dastlari va maslahatlar

Seminarlarda ishtirok etish hamda bozorning yetuk mentor va ekspertlaridan maslahatlar olish

Marketing va mijozlarni o’rganish

Loyihaning maqsadli mijozlarini aniqlash, loyihaning qiymat taklifini va gipotezalarini tekshirish

Hamkorlik

Loyihaning eng kichik ishchi modelini yaratish, uni sinash va u haqidagi fikrlarni to’plash uchun hamkorlar resurlaridan foydalanish

Sarmoyachilar taqdim etish

Dastur yakunida finalchilar o’z startap loyihalarini amalga oshirishda erishgan natijalarni Taqdimot-kuni namoyish etib sarmoya jalb qilishlari mumkin

Moliyaviy ko’mak va mukofotlar

Eng yaxshi loyihalar qimmatli sovg’a va loyihani rivojlantirish uchun 50 milliongacha maqsadli beg’araz pul mablag’i olishlari mumkin

PR ko’mak

Loyihangizni PR qilishda, sarmoya jalb qilish va xorij davlatlarining akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishda ko’maklashish

Kimlar qatnashishi mumkin

Dasturda 16 yoshdan yuqori tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va tadqiqotchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etishga taklif qilinadilar

Qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar jamoalari qatnashsihslari rag‘batlantiriladi

Qatnashcilardan nima talab etiladi ?

  • Maksimal darajada qatnashish va barcha tadbirlarda faol ishtirok etish
  • Loyihani amalga oshirish bilan bog’liq jadal va mustaqil mehnatga tayyorlik
  • Loyihangizga nisbatan ishtiyoq, fikrlash erkinligi va ijodkorona yondashish
  • Natijaga etibor qaratish va maqsadga erishish uchun tadbirkorona yondashuv
  • Konstruktiv tanqidni qabul qilish, teranlik va yuqori ichki energiya

Nima uchun bizning dasturda ishtirok etish kerak?

FOYDALI

Siz startapni yaratish va rivojlantirish bo’yicha mentorlar va muvaffoqiyatli tadbirkorlar bilan suhbatlashish va ta’lim dasturlari orqali yurtimiz startap hamjamiyatining eng yahshi ekspertlaridan bilim, ko’nikma va ekspert fikrlarini olasiz

TEZ

Dasturda uch oy ishtirok etish orqali siz nafaqat g’oyangizni sinab ko’rasiz, bilim va texnologik tadbirkorlik salohiyatingizni rivojlantirasiz, balki o’z startapingizni yaratishni boshlab uni amalga oshirish uchun mablag` ham olishingiz mumkin

BEPUL

Dasturda qatnashish bepul va tashkilotchilar sizning loyihangizga yoki intellektual mulkiga sheriklik talab qilmaydi

Tanlov mezonlari

Amaliy jihatdan bajariluvchanligi

Loyiha jamoasi dasturda qatnashish mobaynida loyihaning eng kichik ishchi modelini yaratishga ulgurishi lozim

Muammoni yechishligi

Sizning loyihangiz yaratayorgan mahsulot yoki xizmat maqsadli mijozlarning muayyan muammolarini yechishga yo‘naltirilganligi va hamkor tashkilotlarning biznes maqsadlariga mos tushishligi

Technologik jihatdan yangligi

Loyiha raqobatchilaridan farqlanadigan noyob innovatsion yechimga asoslangan bo’lib tushunarli va jozibador qiymat taklifiga ega bo’lishi lozim

Sarmoyaga jozibadorligi

Sizning mahsulotingiz yoki yechimingiz ahamiyatli bozor qiymatiga va katta o’sish va ommalashish istiqboliga ega bo‘lishi lozim

Loyiha jamoasi

Loyiha jamoasi kamida ikki kishidan iborat qat’iy maqsadga ega, mehnatkash, natijaga yo’naltirilgan va jadal ishlashga tayyor jamoaga ega bo’lishi lozim

Dastur bosqichlari

1 Bosqich

Qabul qilingan arizalarni texnologik va biznes baholash asosida birlamchi tanlov. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar expertlar guruhi bilan suhbatga taklif etiladilar

2 Bosqich

Loyiha jamoalari bilan suhbat va loyihalar expertizasi. Ekspertlar guruhi dasturda ishtirok etish uchun eng yaxshi innovatsion g’oya va startap loyihalarni aniqlaydi

3 Bosqich

Qo‘llab-quvvatlash dasturi (akseleratsiya dasturi) tanlab olingan loyihalar jamoalari ishtirokida Lean Startap uslubiga asoslangan o’quv kursi bilan  boshlanadi

4 Bosqich

Biznes mentorlar bilan yakka tartibda ishlash, ekspertlar (mentorlar) maslahatlari va mahorat darslari, gipotezalarni sinash, eng kichik ishchi modellarni yaratish, sinov sotuvlari va bozorni o’rganish

5 Bosqich

«Demo day» (Taqdimot kuni) – hududlarda qatnashchilar loyiha natijalarini namoyish etadilar va Toshkentda yakuniy milliy “Demo day”.

Eng harakatchan va muvaffoqiyatli innovatorlar finalda uchrashadilar. Eng yahshi loyihalarni biz sovg’a va pul mukofotlari bilan rag’batlantiramiz

Texnologiyalarning ustuvor yo'nalishlari

Turizm, sayohat va mehmondorchilik xizmatlari

BuildTech va uy-joy kommunal xo’jaligi

  1. Увеличение скорости и снижение стоимости строительства;
  2. Инженерные системы дома;
  3. Повышение эффективности эксплуатации объектов недвижимости;
  4. Обеспечение безопасности и улучшение качества жизни жителей.
  5. Производство и реализация новых видов строительных материалов

Davlat xizmatlari va korxonalarning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish

FinTech va moliyaviy xizmatlar

  1. B2C marketing qurollari
  2. B2C mijozlar uchun xizmatlar
  3. Kichik biznes uchun online xizmatlar
  4. Kredit mahsulotlarining istiqboldagi mijozlarini baholash uchun yechimlar
  5. Mijozlar bilan muloqot qilish uchun xizmatlar
  6. Mijozlar haqida ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish yechimlari
  7. Xodimlar uchun xizmatlar
  8. Inson resurslari yechimlari

AgroTech and FoodTech

  1. Qishloq xo’jaligi texnikasi va texnologiyalari
  2. Sug’orish
  3. Organik qishloq xo’jaligi
  4. Bog’dorchilik va o’simlikshunoslik (selektsiya, yetishtirish va himoyalash)
  5. Chorvachilikva baliqchilik
  6. O’rmon xo’jaligi
  7. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi
  8. Shahar fermer xo’jaligi (shaharda mahsulot yetishtirish)
  9. Aqlli fermer xo’jalik
  10. Qishloq xo’jaligi mahsulotini qayta ishlash
  11. Saqlash va yetkazib berish zanjiri boshqaruvi va logistikasi

Energetika, saqlash va ko’chmanchi energiya manbalari

Avtonom va robotlashtiriligan tizimlar

Tibbiyot, farmakologiya, va biotexnologiya

Transport va logistika xizmatlari

Savdo, aqqlli chakana savdo, xizmatlar

EdTech, HR Tech, sotib olish faoliyati

AdTech and reklamada sun’iy idrok

Media, ko’ngilochar va o’yin xizmatlari

Havfsizlik, biometriya, kompyuter tasavvuri

Ijtimoiy texnologiyalar (ekologiya, sport, shahar muhiti)

Virtual, to’ldirilgan va aralsh reallik

Hamjihatlik iste’moli va foydalanish

Batafsil

Arizani yuborish

Arizalar 2019 yil 13 oktyabrgacha qabul qilinadi

Qulay bo’lishi uchun siz ariza shaklini MS Word formatida yuklab olib, oflayn holatda to’dirib keyin onlayn shaklga ko’chirishingiz mumkin.

Ariza shaklini yuklab olish

Yangiliklar

Yangiliklar arxivi

2018 yil sur’atlari

2017 yil sur’atlari

2016 yil sur’atlari

Dastur haqida fikrlar

Tashkilotchilar

DASTUR HAMKORLARI

Axborot ko'magi

Ko'p so'raladigan savollar